Turkiya axborot agentligi Ramazon neʼmati — nisholda haqida maʼlumot berdi

17:23 28 May 2019 Jamiyat
617 0

Illyustrativ foto

Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi Oʻzbekistonda Ramazon oylarida tayyorlanib, dasturxonga tortiladigan foydali neʼmat — nisholda haqida oʻz oʻquvchilariga gapirib berdi. Bu haqda “Dunyo” AA maʼlum qildi.

“Barcha uchun sevimli boʻlgan shirinlikni tayyorlash roʻza kirishidan ancha oldin boshlanadi. Nisholda shirin kremni eslatadi. Uni odatda erkaklar tayyorlaydi. Bu sanʼat otadan oʻgʻilga meros boʻlib oʻtadi. Ovqat hazm boʻlishiga yaxshi taʼsir qiladigan mazkur desert Oʻzbekistonning barcha bozorlarida sotiladi. Shirinlik Oʻzbekistondagi minglab oilalar iftorlik dasturxonining ajralmas qismiga aylangan”, - deb yozadi Turkiyaning yetakchi axborot agentligi muxbiri.

“Bosfor yangiliklari” turk gazetasi esa asrlardan asrlarga bezavol oʻtib kelayotgan qadriyatlarimiz timsollaridan biri oʻzbek noni haqida hikoya qiladi.

“Oʻzbekistonda mehmonlarni hamisha palov va milliy oʻzbek noni bilan kutib olishadi. Biror tadbir nonsiz oʻtmaydi. Bu kundalik hayot, qadriyatlar, urf-odatlar, eʼtiqod, milliy ertaklar va umuman oʻzbek xalqi tarixining ajralmas qismidir. Toshkentda har bir doʻkondan non sotib olish bilan birgalikda har bir mahallada tunu kun ishlaydigan oʻz nonvoyxonalari bor. Oʻzbek nonini tayyorlash retsepti xuddi oʻzbek palovi kabi koʻp boʻlib, har bir mintaqa, viloyat oʻzining takrorlanmas taʼmi va iforiga ega”, deya qayd etib oʻtadi nashr.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?