Turkistonda binolar Ahmad Yassaviy ziyoratgohidan baland qurilmaydi

12:46 14 Iyul 2018 Dunyo
390 0
Foto: advantour.com

Qozog‘istonning Turkiston vilotida Xoja Ahmad Yassaviy ziyoratgohidan baland bo‘lmagan o‘rta asrlar uslubiga xos turar joylar qurilishi rejalashtirilayapti. Bu haqda ushbu viloyat hokimligi matbuot xizmatiga asoslanib KazTAG xabar berdi.

“Turkitondagi uylar ko‘p qavatli bo‘lmaydi. Sababi ularning balandligi Xoja Ahror Yassaviy ziyoratgohidan oshib ketmasligi kerak. Muqaddas qadamjo har tomondan ko‘rinib turishi kerak. Xonadonlar o‘rta asr me’morchiligi uslubida barpo etiladi. Mamlakatda juda bo‘lmasa bitta mamlakat tarixiy ko‘rinish kasb etsin”, - dedi Turkiston viloyati hokimi Janseit Tuymebayev.

Hudud rahbari bu yerda turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish lozimligi, yangi aeroport, temir yo‘l vokzali, avtovokzal, mehmonxona va kafe qurilishi haqida ma’lum qildi. O‘z navbatida vilotda buyuk avliyo va mutafakkir merosiga bag‘ishlangan muzey bunyod qilinadi.

“Prezident topshirig‘i doirasida har bir mintaqa Turkistonda bittadan inshoot qurib beradi. Masalan, Ostona hokimi Aset Isekeshov Turkistonda “Ostona” parkini barpo etishni taklif qildi”, - dedi u.

Bundan oldin ushbu viloyat hokimi Turkiston Samarqand, Buxoro, Xiva singari sayyohlik markazlaridan biriga aylanishi kerakligini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Qozog‘istonda Chimkent respublika maqomidagi shaharga aylantirilgandi. Turkiston esa yangi tuzilgan Turkiston viloyati markazi bo‘lgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?