Turizmni rivojlantirishning 23 imkoniyati

21:55 02 Iyun 2020 Welcome to uzbekistan
223 0

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 28-maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni turizm sohasiga koʻplab imkoniyat va koʻmak berish masalalari hal etildi.

Farmonga asosan turizm hamda unga bevosita bogʻliq boʻlgan tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash uchun, yuz minglab ish oʻrinlarini va malakali mutaxassislarni saqlab qolish, ularni daromadlarini ushlab turish uchun quyidagi 23 ta yoʻnalishning tashkiliy va iqtisodiy manbalari belgilandi.

1.2020-yil 1-iyundan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yoʻlga qoʻyildi

2. Oʻzbekiston Respublikasiga fuqarolari kirishiga ruxsat beriladigan mamlakatlar roʻyxati tuziladi.

3. Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari 2020 oxiriga qadar foyda soligʻini yarmini (50 foiz) toʻlaydi.

4. Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalariga 2020 va 2021-yil yakunlari boʻyicha zararlarni cheklanmagan tarzda oʻtkazish huquqi berildi.

5. 2021-yil 1-yanvarga qadar turistik yigʻimlarni hisoblash va toʻlash toʻxtatildi.

6. Joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yigʻimini 12 oyda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berildi.

7. Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar ajratiladi.

8. Turizm sohasidagi “startap” loyihalar, innovatsion biznes gʻoyalari, axborot dasturlari va xizmatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun 1,5 mlrd.soʻm mablagʻ ajratildi.

9. Xorijiy oshxona, tematik ovqatlanish shoxobchalari hamda ovqat, oziq-ovqat mahsulotlari va suvenirlarni yetkazib berish xizmatlarini tashkil qilish loyihalari uchun 100 mln.soʻmgacha grantlar ajratiladi.

10. Yangi turizm mahsulotlari va yoʻnalishlarini ishlab chiqish hamda targʻib qilish uchun gidlar uchun 5 mln.soʻm, turoperatorlar uchun 10 mln.soʻm miqdorida grantlar ajratiladi.

11. 2020-yil 1-martdan 1-iyungacha davr uchun joylashtirish vositalarini qurish uchun avval olingan kreditlarning foiz xarajatlari qoplab beriladi.

12. Joylashtirish vositalarini qurish uchun avval olingan kreditlar boʻyicha 2020-yil 1-iyundan 2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan davr uchun foiz xarajatlarining 10 foizlik punktgacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.

13. Turizm sohasi obyektlarini yangi sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqlashtirish uchun beriladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining 10 foizlik punktgacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.

14. Turizm sohasi subyektlari tomonidan aylanma mablagʻni toʻldirish uchun olinadigan kreditlarning 10 foizlik punktgacha boʻlgan qismi qoplab beriladi. 

15. 2021-yil 31-dekabrga qadar mehmonxona xizmati narxining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

15. Turoperator va turagentlarga olib kelingan va xizmat koʻrsatilgan har bir xorijiy turist uchun 15 AQSH dollari miqdorida ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar ajratiladi.

17. Kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar uchun mamlakatimizda tur tashkil etilganda turoperatorlarning avia va temir yoʻl chiptalari narxining 30 foizi qisman subsidiyalanadi.

18. 2021-yil 1-iyunga qadar mehmonxonalarga toifa olish yoki oshirish uchun renovatsiya, rekonstruksiya hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun mehmonxonalarning toifasiga qarab har bir xona uchun 5 mln. soʻmdan 15 mln.soʻmgacha qismi qoplab beriladi.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufidagi texnikum va kollejlarga 2020-yilda barcha tinglovchilar davlat granti asosida qabul qilinadi.

20. Joylashtirish vositalarini qurish uchun avval berilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarz toʻlovlari 2020-yil 1-oktyabrdan 18 oydan 24 oygacha uzaytiriladi.

21. Dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun jihozlar, texnikalar, ularni butlovchi va ehtiyot qismlari, aloqasiz boshqariladigan jihozlar, hidsiz dezinfeksiyalovchi vositalar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.

22. Turizm sohasi uchun Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi hisobidan 20 mlrd.soʻmdan ortiq mablagʻ ajratiladi.

23. Turizm sohasidagi texnikumlar va kollejlarda 2020-2021 oʻquv yilida mutaxassislarni tayyorlash uchun Davlat byudjetidan mablagʻ ajratiladi.

Davlat tomonidan turizm sohasiga berilayotgan koʻmak va imkoniyatlarning ijobiy samara berishiga va manzilliligi taʼminlanishiga ishonchimiz komil.

Baxtiyor Ruhitdinov, 
OʼzLiDeP Siyosiy kengashi

Ijroiya qoʻmitasi boʻlim mudiri

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?