Turizmga investitsiya – kelajakka sarmoya

14:51 10 Aprel 2019 Jamiyat
366 0

Illyustrativ foto

Joriy yilning 8 aprel kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yilning I choragida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini tahlil qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda davlat rahbari tomonidan investitsiyalarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini taʼminlash uchun yangi nazorat tizimi joriy etildi.

Prezident tashabbusi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Akkulov 2019 yilning 10 aprel kuni, kun davomida Toshkent shahri, Olmazor koʻchasi, 171-uyda joylashgan qoʻmita binosining fuqarolarni qabul qilish xonasida ish faoliyatini olib boradi.

Maqsad - investorlarni qiynayotgan muammolarga yechim topish va ularni samarali hal qilishda qoʻmita vakolatlari doirasida yordam berish, shuningdek, ushbu loyihalarning amalga oshirilishini birgalikda taʼminlash.

Qoʻmita rahbari ishtirokida har hafta chorshanba kuni boʻlib oʻtadigan sayyor qabul kunlari ketma-ketlik bilan Toshkent shahri hamda Surxondaryo, Fargʻona va Andijon viloyatlarida tashkil etiladi. Qoʻmita raisining hududlardagi faoliyati davomida raisning birinchi oʻrinbosari v.b Ulugʻbek Kasimxodjayev salohiyatli investorlarni poytaxtda qabul qiladi.

Agar siz ham vatanimiz ravnaqiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz, aniq maqsadingiz, loyihalaringiz va investitsiya kiritishga imkoningiz boʻlsa, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining eshiklari siz uchun hamisha ochiq.

10 aprel kuni tashkil etiladigan qabul davomida investorlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarini qoʻmita binosiga kelmasdan turib ham, +99899 007-00-87 raqami orqali qoʻmita rahbarining rasmiy telegram sahifasiga yoʻllashlari mumkin.

Maʼlumot uchun: Turizm sohasida investorlarga yaratilgan imtiyozlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?