Turizm qoʻmitasi delegatsiyasi Polshaga nega bordi?

17:48 17 Aprel 2019 Jamiyat
222 0

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xorijlik mehmonlarni jannatmonand yurtimizga jalb etish borasida tashabbuslar koʻrsatishda davom etmoqda.

Chunonchi, shu kunlarda Turizm qoʻmitasi delegatsiyasi Polshaning Varshava shahridagi vatandoshlarimiz bilan uchrashdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar qildi.

Unda soha mutaxassislari tomonidan Oʻzbekistonning turizm salohiyatini namoyon etuvchi taqdimotlar oʻtkazildi. “Xorijda Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib etishda vatandoshlarning rolini oshirish” mavzusidagi maʼruza koʻpchilikda iliq taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida oʻzbek milliy taomlari tayyorlandi, chet eldagi vatandoshlarimiz bilan bir dasturxon ustida suhbatlashildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?