Turizm qishlogʻida kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish markazi ish boshladi

08:33 07 Iyul 2020 Welcome to uzbekistan
217 0

Samarqand viloyatida Konigil turizm qishlogʻini tashkil etish ishlari davom etmoqda. Ushbu turizm qishlogʻini yaratish konsepsiyasiga koʻra, 3 gektar maydonda 800 metr uzunlikdagi halqa yoʻli quriladi. Natijada sayyohlarning “Siyob” kanali boʻylab sayr qilishi va tabiat qoʻynida dam olishlari mumkin.

Shuningdek, hududda oilaviy mehmon uylari, yangi hunarmandchilik markazlari, mahalliy anʼanalarni aks ettiruvchi animatsiya markazlari tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Ekoturizm, agroturizm, gastronomik turizm yoʻnalishlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilyapti. Hududda jahonga mashhur Samarqand nonini tayyorlash boʻyicha master-klasslar uchun novvoyxona tashkil etiladi.

Hozirda kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish markazi faoliyat boshladi. Guruch tegirmoni joylashgan binoda taʼmirlash ishlari tugash arafasida. Guruch tegirmonining tarixiy koʻrinishi qayta tiklangach, mehmonlarga guruch tayyorlash jarayoni namoyish qilinadi.

Abdulaziz Yoʻldoshev,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?