Turizm mavzusida yozadigan xorijlik jurnalistlarga akkreditatsiyadan o‘tish bo‘yicha qulaylik yaratildi

14:07 26 Mart 2018 Siyosat
494 0
Foto: naslednick.online


Turizm haqida yozadigan xorijlik OAV jurnalistlari O‘zbekistonda 5 kun ichida vaqtincha akkreditatsiyadan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda ana shu tartib belgilab qo‘yildi.

O‘zbeksiton haqida, jumladan, mamlakatimiz sayyohlik salohiyati, tabiati, madaniyati, urf-odatlari va aholi turmush tarzi haqida kinoxronika dasturlari, publitsistik va tarixiy mavzularda materiallar tayyorlash istagini bildirgan xorij OAV muxbirlariga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy iltimosnomasiga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligiga tegishli murojaatnoma kelib tushgandan boshlab 5 kunlik muddat ichida vaqtincha akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi. 

Shuningdek, chet el rasmiy delegatsiyasini kuzatib kelgan xorijlik OAV vakillariga ham xuddi shu muddat ichida vaqtincha akkreditatsiya beriladi. Buning uchun xorij davlatining O‘zbekiston TIViga og‘zaki notasi talab etiladi. Bunday vaziyatda o‘rnatilgan hujjatlar paketi taqdim etilmaydi. Xorij davlat organlarining O‘zbekistonga tashrifini yoritish uchun fotograflar yoki videooperator sifatida kelgan xodimlar uchun akrreditatsiya bekor qilindi, deyiladi “Norma” xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, standart tartibda vaqtincha akkreditatsiya olish muddati 2 haftagacha cho‘zilishi mumkin.

O‘z navbatida, xorijlik muxbirning vaqtincha akkreditatsiya muddati 6 oydan 3 oygacha qisqartirildi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?