Turizm mavsumida “Registon” kompleksi yarim tungacha ishlaydi

13:23 02 Oktyabr 2019 Jamiyat
89 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan hududlardan tashqari Samarqand shahridagi yer uchastkalari mehmonxonalar qurish uchun “E-IJRO AUKSOIN”da elektron onlayn-auksion orqali jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladi.

Shuningdek, shaharning “Universitet hiyoboni”, I. Karimov, A. Navoiy va Pushkin koʻchalarida xususiy investorlarni jalb qilgan holda 2019-2021-yillarda turizm infratuzilmasi tashkil etiladi.

Qarorga koʻra:

- “Bogʻi baland” va “Bogʻi Shamol” bogʻlari joylashgan joyni aniqlash orqali qayta tashkil etiladi va tarixiy qiyofasi qayta tiklanadi;

- “Sheroz qalʼa” , “Dobussiya”, Revdat shaharchasi – Kofir qalʼa, Afrosiyob shaharchasidagi arxeologik yodgorliklar YUNESKO bilan kelishgan holda restavratsiya qilinadi;

- arxeologik yodgorliklar hududida “ochiq osmon ostidagi” muzeylar tashkil qilinadi va tashrif buyuruvchilarni elektron hisobga olish tizimi joriy etiladi.

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab, turizm mavsumi davomida (mart-noyabr) “Registon” kompleksi har kuni soat 7:00 dan 24:00 gacha ishlaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?