Turizm mahallasi avgustda tayyor boʻladi

10:23 23 Iyul 2020 Welcome to uzbekistan
236 0

Samarqand shahridagi “Bogʻibaland” mahallasida namunaviy turdagi turizm mahallasini tashkil etish boʻyicha qurilish, obodonlashtirish ishlari qizgʻin davom etyapti.

Ayni paytda, hududda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan sayyohlarning mazkur mahalla toʻgʻrisida batafsil maʼlumotga ega boʻlishlari uchun axborot stendlari tashkil qilinmoqda.

Bugungi kunda mahallada sayyohlar orasida katta talabga ega boʻlishi kutilayotgan sayyohlik dasturini yaratish boʻyicha amaliy ishlar qizgʻin tus olgan. Anjirzor koʻchasi boʻylab mehmon uylari, animatsiya markazlari va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Shuningdek, 40 gektarlik hududda 2 ta kichik mehmonxona ham barpo etilmoqda. Qolaversa, agro va ekoturizmni rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlar hademay yakuniga yetkaziladi.

Mahallada mahalliy va xorijiy sayyohlarga yetarli darajada xizmat koʻrsatish maqsadida savdo majmuasi, oziq-ovqat shoxobchalari, maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, sanitariya-gigiyena markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Barcha bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari joriy yilning avgust oyida tugatilishi koʻzda tutilgan.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?