“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimi boshlandi

15:52 13 Oktyabr 2020 Jamiyat
217 0

"Hilton Tashkent City" mehmonxonasida Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun bir guruh yurtdoshlarimizga “Turizm fidoyisi” nishonini topshirish marosimi boshlandi. Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rahbariyati, sovrindorlar, faxriy mehmonlar, vazirliklar, idoralar va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Tantanali tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov ochib berdi.

— Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha Prezidentimiz tashabbuslari bilan qator farmon va qarorlar imzolandi, turizm sohasi iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida eʼtirof etildi. Shu asnoda hududlarimizda turizmni rivojlantirish yoʻlida koʻplab ishlar amalga oshirildi. “Turizm fidoiysi” koʻkrak nishoni respublikamiz fuqarolari va xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizga ona yurtimizning boy tarixi va madaniyatini butun dunyoga namoyish etishga chorlov boʻlib xizmat qiladi, degan umiddaman, — deydi Aziz Abduhakimov.

Yulduz Oʻrmonova,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?