Turin politexnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

10:10 01 Iyun 2019 Jamiyat
367 0

Hukumat qarori bilan Oʻktam Rahimovich Salomov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining rektori etib tayinlandi.

“Huquqiy axborot“ kanali bergan xabarga koʻra, U. Salomov bungacha Andijon mashinasozlik institutining rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Turin politexnika universitetining sobiq rektori Kongratbay Sharipov esa Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PQ-4339-sonli qarori bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?