Tunda avtobuslar toʻqnashib ketdi. Qurbonlar koʻp

12:38 08 Noyabr 2018 Dunyo
881 0
Foto: ТСН

Avtobuslar ishtirokida roʻy bergan yoʻl transporti hodisasi oqibatida 47 kishi hayotdan koʻz yumdi.

Zimbabvening Manikalend provinsiyasi Rusape shahrida kecha tunda avtobuslar toʻqnashib ketdi. Buning oqibatida 47 kishi halok boʻldi. Ularning ichida kamida ikki nafari yosh bola ekanligi aytilayapti. Bu haqda mamlakat Teleradiouzatish korporatsiyasi xabar berdi.

Ayni paytda yoʻl transporti hodisasi yuz bergan joyda huquq-tartibot idoralari tekshiruv ishlari olib bormoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?