Tumanda 50 ta avtomobil toʻqnashib ketdi. Qurbonlar bor

18:28 24 Dekabr 2018 Dunyo
793 0

Hindistonda qalin tuman tufayli shosseda 50 ta avtomobil toʻqnashib ketdi. Oqibatda sakkiz kishi hayotdan koʻz yumdi, koʻplab insonlar jarohatlandi. Ularning ayrimlari ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

NDTV telekanali maʼlumotlariga koʻra, fojia Xaryan shtati Jajar shahri yaqinidagi Roxtak-Revari yoʻlida sodir boʻlgan. Toʻqnashuvga uchragan transport vositalari ichida maktab avtobusi ham bor.

YTH tufayli yoʻlda ikki kilometr uzunlikdagi tirbandlik yuzaga kelgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?