Tuman maʼmuriy sudlari tugatiladi

10:17 25 Iyul 2020 Hujjatlar
352 0

Shavkat Mirziyoyev “Sudlar faoliyatini yana-da takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.

Qayd etilishicha, ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda respublikada samarali maʼmuriy odil sudlov tizimi yaratiladi. Bunda:

maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkaziladi;

tuman (shahar) maʼmuriy sudlari tugatilib, ularning negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo maʼmuriy sudlar tashkil etiladi.

199 ta tuman (shahar) maʼmuriy sudlari maqbullashtirilib, viloyat markazlarida 14 ta tumanlararo maʼmuriy sudlar tashkil etiladi

Sudda ishlarni koʻrishda inson huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirish va taraflarning tortishuvchanlik tamoyilini amalda roʻyobga chiqarish maqsadida jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda dastlabki eshituv instituti joriy etiladi.

2019-yilda 469 ta ish sudda bir necha oy koʻrilgandan keyin dastlabki tergovdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun prokurorga qaytarilgan. Endilikda ishni sudga tayinlash jarayonida 7 sutka ichida sudya mazkur masalani hal etishi mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?