Tuman XTB boshligʻi pora bilan qoʻlga tushdi

10:21 28 Avgust 2018 Jamiyat
395 0
Illyustrativ foto

Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Taxiatosh tumani xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi M. fuqaro P.ni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Taxiatosh tumanidagi 1-sonli maktabga oʻqituvchi lavozimiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga undan 200 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?