Tuman hokimi oʻrinbosari pora olayotgan paytda qoʻlga tushdi

11:12 30 Oktyabr 2019 Jamiyat
336 0

29-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani hokimiyati qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha mutaxassisi B.A. (1982-y.t.) fuqaro S.M.dan (1965-y.t.) F.I. nomiga issiqxona qurish uchun yer maydonini dehqon xoʻjaligi shaklida egalik qilish huquqini beradigan tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan soʻng, tadbir davom ettirilib, shu kuni tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari M.S. (1966-y.t.) xizmat xonasida mutaxassis B.A.dan 100 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Shahrisabz tumani boʻlimi tomonidan JKning 210 va 212-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, B.A. hamda M.S. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?