Tugʻilgan kun sovgʻasi - “Doʻstlik” ordeni

14:10 30 Avgust 2018 Jamiyat
154 0

Bugun Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Xovos tumani Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosari Sherboʻta  Primqulovning tugʻilgan kuni. U 67 yoshga kirdi.

Sherboʻta akaning bu galgi tavallud ayyomi, ayniqsa, esda qolarli boʻldi. Yaʼni hayotidagi ana shu quvonchli sana arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʻra, “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlanganligi haqidagi xushxabarni eshitdi. Ayni tugʻilgan kuni - bugun ertalab esa Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev ushbu yuksak mukofotni unga tantanali ravishda topshirdi.

“Uyimga qoʻlimda anvoyi guldasta, koʻksimga orden taqqan holda kirib keldim. Hamma xursand. Tugʻilgan kunim qoʻshaloq bayramga aylandi. Shukr, ming bora shukr. Inson mehnati qadrini shunchalik yuksak eʼzozlayotgan davlatimizga, Prezidentimizga katta rahmat”.

Sherboʻta Primqulov - besh nafar farzandning otasi, koʻplab nabiralarning bobosi. Pensiyaga chiqqan boʻlsa-da, hamon el-yurt xizmatida.

Ahmadali ShЕRNAZAROV,
“Xalq soʻzi”muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?