TTDHK Bosh kotibining Oʻzbekistonga tashrifi toʻgʻrisida

21:18 03 Oktyabr 2019 Jamiyat
138 0

2019-yilning 3-6-oktyabr kunlari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Bosh kotibi Bogʻdod Amreyev Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Tashrif doirasida Bogʻdod Amreyev Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Savdo-sanoat palatasida uchrashuvlar oʻtkazadi, mamlakatimizda birinchi marta boʻlib oʻtadigan TTDHKning Ishbilarmonlar kengashi majlisida va Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya tadbirkorlari ishtirokidagi Investitsion biznes forumida ishtirok etadi. Bogʻdod Amreyevga TTDHK Kotibiyati delegatsiyasi hamrohlik qiladi.

Qayd etish joizki, Turkiy olam Ishbilarmonlar kengashi majlisi va biznes forumi Toshkent shahrida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda mamlakatimizning Anqara shahridagi Elchixonasining faol koʻmagida oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?