Sirkda yovvoyi hayvonlar chiqishi toʻliq taqiqlanishi mumkin

14:35 12 Noyabr 2018 Dunyo
603 0

Chexiya qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan sirkda yovvoyi hayvonlar chiqishini toʻliq taqiqlash taklif etildi. Bu haqida YevroPuls manbasi xabar berdi.

Hozirda Chexiyada sirkda tyulenlar, jirafalar, begemotlar va maymun bolalaridan foydalanish man qilingan. Endi rasmiylar bu taqiq barcha yovvoyi jonivorlarga nisbatan qoʻllanilishini ilgari surmoqda. Lekin arenada uy hayvonlari – otlar, tuyalar yoki lamalar chiqish qilishi mumkin.

Chexiyada ayni paytda yovvoyi jonzotlar “ishlaydigan” 12 ta sirk faoliyat yuritadi. Ularning rahbarlari hayvonlar munosib sharoitlarda parvarishlanayotganini bildirgan. Oʻz navbatida fauna olami himoyachilari sirklarda umuman jonivorlar xizmatidan voz kechish kerakligini aytmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?