Tramp yana bir mamlakatdan AQSH qoʻshinlarini olib chiqishni rejalashtirmoqda

22:53 14 Oktyabr 2020 Dunyo
175 0

AQSH prezidenti Donald Tramp askarlarni uyga qaytarish haqidagi saylovoldi vaʼdasini bajarish uchun Somalidan Amerika qoʻshinlarini olib chiqmoqchi, deb xabar bermoqda “Bloomberg”.

Qayd etilishicha, Oq uy rahbari bu gʻoyani allaqachon oʻz maslahatchilariga aytgan, Pentagon esa Afrika davlatidan harbiy xizmatchilarni olib chiqish rejasini tayyorlashga kirishgan.

Ammo mutaxassislar AQSH qoʻshinlarini olib chiqib ketishi «Ash-Shabab» radikal guruhining mintaqadagi pozitsiyalarini kuchaytirishi mumkinligidan xavfsirashmoqda.

Hozirgi kunda Somalida 650 dan 800 tagacha Amerika askarlari, shu jumladan, mahalliy qoʻshinni tayyorlashda yordam berayotgan maxsus kuchlar mavjud. Terrorizmga qarshi kurashda jalb qilingan qoʻshimcha kuchlar uch yil oldin Trampning buyrugʻi bilan Somaliga yuborilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?