Tramp va Putin 2019 yil boshida Vashingtonda uchrashadi

17:12 26 Iyul 2018 Dunyo
368 0
Foto: InoSMI

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan 2019 yilda uchrashmoqchi. Bu haqda uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.

“Prezidentning ishonchi komilki, yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuv Rossiyaga qarshi “jodugarlar ovi” yakunlangandan so‘ng tashkil etilishi muqarrar va biz u 2019 yil boshida bo‘lib o‘tishiga kelishib oldik”, - dedi u.

19 iyul kuni Tramp Boltondan Putinni Vashingtonga taklif qilishni so‘ragandi. Mazkur tashrif shu yil kuz fasliga rejalashtirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ikki rahbar o‘rtasidagi dastlabki to‘liq formatli uchrashuv shu yil 16 iyul kuni Xelsinki shahrida tashkillashtirilgandi. O‘shanda Tramp va Putin yopiq eshiklar ortida ikki soatdan ziyod suhbatlashgan edi. Ikki yetakchi ham mazkur muloqotlarni ijobiy baholadi. Shundan so‘ng Kreml Tramp va Putin bundan tashqari yana qator xalqaro forumlarda uchrashishi mumkinligini ma’lum qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?