Tramp rivojlangan davlatlar aholisi ishonchi reytingida Putindan ham ortda qolib, oxirgi oʻrinni egalladi

15:36 16 Sentyabr 2020 Dunyo
162 0

Jahondagi 13 ta rivojlangan mamlakat aholisi dunyodagi yetakchi davlatlar rahbarlariga qay darajada ishonadi? Yaqinda Vashingtondagi Pew Research Center mustaqili tadqiqot markazi tomonidan shu boʻyicha tadqiqot oʻtkazilib, uning yakunlari eʼlon qilindi. Tuzilgan reytingda AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putindan ham ortda qolib, oxirgi oʻrinni egalladi.

Soʻrovda Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Italiya, Shvetsiya, Fransiya, Daniya, Germaniya va Belgiyadan aholi vakillari qatnashdi. Ulardan AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Xitoy davlatlari rahbarlariga xalqaro siyosat masalasida qay darajada ishonishlari soʻraldi.

GFR kansleri Angela Merkel ushbu roʻyxatda peshqadamga aylandi. Unga respondentlarning 76 foizi ishonar ekan. Ikkinchi oʻrindan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron(64 foiz) joy oldi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson(48 foiz) uchinchi oʻringa loyiq koʻrildi.

Vladimir Putin 23 foiz bilan toʻrtinchi boʻldi. RF rahbari Italiya va Germaniya fuqarolari orasida mashhur ekanligi aniqlandi. Uni mazkur mamlakatlardan mos ravishda 31 va 37 foiz respondentlar qoʻllab-quvvatlagan. Xitoy yetakchisi Si Szinpin bu borada 19 foiz ovoz toʻplagan boʻlsa, Donald Trampga 16 foizlik natija qayd etib oxirgi pogʻonani egalladi. Oq uy rahbarining siyosatini asosan oʻz vatanidagi oʻnglar partiyalari tarafdorlari boʻlgan yevropaliklar faol yoqlashi maʼlum boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?