Tramp NATO bo‘yicha ittifoqchilarini keskin tanqid qildi

16:13 11 Iyul 2018 Dunyo
317 0
Foto: RT

AQSH prezidenti Donald Tramp NATO bo‘yicha ittifoqchilarini ular nafaqat mudofaaga juda kam xarajat qilayotganlikda, balki Shimoliy Atlantika blokiga badallarni to‘lashni kechiktirayotganlikda ham aybladi. Bu haqida u kecha NATOning Bryusseldagi sammiti arafasida o‘z tvitterida yozdi.

Oq uy rahbari so‘zlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan himoya kutayotgan ko‘plab NATO mamlakatlari nafaqat 2 foiz qoidalarini bajarmayapti, balki to‘lovlarni juda kechiktiryapti ham. U sheriklarni kamchilikning o‘rnini qoplashga chaqirdi.

Bundan oldin Tramp 16 iyul kuni Xelsinkida uchrashadigan Rossiya prezidenti Vladimir Putin yevropalik siyosatchilarga qaraganda tushunish oson bo‘lgan suhbatdoshga aylanishi mumkinligini taxmin qilgandi. O‘shandayoq Amerika yetakchisi NATO a’zolari, Qo‘shma Shtatlarga qaraganda juda kam to‘layotganidan yana bir bor norozi bo‘lgan edi.

Gap shundaki, AQSH rahbari ittifoqchilardan harbiy xarajatlarni, NATO qoidalarida ko‘rsatib o‘tilganidek, YAIMning 2 foizigacha yetkazishni bir necha marta talab qilgandi. Xususan, u iyun oyida Germaniya hukumatini harbiy xarajatlarga AQSH yalpi ichki mahsulotining 4 foizini sarflayotgan bir paytda u YAIMning faqat 1 foizini yo‘naltirayotganini tanqid qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?