Tramp muzokaralarda Putinga yon bosganmi?

11:20 25 Iyul 2018 Dunyo
299 0
Foto: RIA Novosti

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp Xelsinkida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida bayonot berar ekan, hech qanday yon bosishlar bo‘lmaganini bildirdi. Lekin u muhokamalar jarayoniga oid aniq detallar haqida ma’lumot bermagan. Bu haqida Reuters xabar tarqatdi.

U ikki rahbar asosan kelajakda har ikki mamlakat foydasi haqida gaplashganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, bundan oldin ham Tramp Xelsinkidagi sammitga to‘xtalib o‘tib, Vladimir Putin bilan bir qator masalalar, jumladan, Shimoliy Koreyani denuklerizatsiya qilish, Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonlari va kiberhujumlar mavzulari ko‘rib chiqilganini qayd etib o‘tgandi. Biroq tafsilotlarni to‘liq keltirmagandi.

Rossiya rasmiylari RF rahbari AQSH prezidenti bilan muzokaralarda Ukraina mojarosi yuzasidan aniq taklif bilan chiqqanini ma’lum qilishdi. AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo esa ular Suriya inqirozini muhokama qilishganini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenti Rossiya yetakchisini Vashingtonga ham taklif qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?