Tramp kuyovining ukasi marixuana sotish xizmatiga investitsiya kiritdi

17:11 14 Avgust 2019 Dunyo
104 0

Maʼlumki, AQSHning ayrim shtatlarida marixuana va nasha sotishga ruxsat berilgan.

LeafLink kompaniyasi shu kabi hududlarda narkotik moddalarning ulgurji savdosi maydonini yaratgan va moliyaviy manbalarni oʻzlashtirishning yangi bosqichiga koʻtarildi. Donald Trampning katta maslahatchisi va kuyovi Jared Kushnerning ukasi Joshua Kushner esa bu boradagi sarmoyadorlardan biriga aylandi.

Unga tegishli Thrive Capital Management venchur jamgʻarmasi ushbu jabhaga ilk bor investitsiya kiritdi.

J.Kushner 2009-yilda Thrive Capital fondiga asos soldi. Oʻsha paytdayoq Instagram, Slack messenjeri, Stripe servis onlayn-toʻlov tizimi, Glossier goʻzallik sohasi startapiga sarmoya kirita boshlagan. 2012-yilda Oscar sugʻurta kompaniyasi asoschilaridan biri boʻlgan. 2014-yilda esa akasi bilan koʻchmas mulkka investitsiya yoʻnaltirish uchun Cadre onlayn-platformasini yaratgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?