Tramp AQSH Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan aloqalarni uzganini eʼlon qildi

00:14 30 May 2020 Dunyo
274 0

Prezident Donald Tramp AQSHning Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan aloqalari uzilganligini eʼlon qildi.

Amerika rahbari oʻz qarorini Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Vashington talab qilgan islohotlarni oʻtkazishdan bosh tortgani bilan izohladi.

Oq uy rahbarining taʼkidlashicha, endi AQSH ushbu tashkilot uchun ajratib kelgan mablagʻlarini dunyo boʻylab shoshilinch tibbiy yordam uchun yoʻnaltiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?