Tojikistonlik kinologlar O‘zbekistonda malaka oshirdi

16:56 04 Iyun 2018 Jamiyat
949 0

Tojikiston bojxona xizmatining o‘n nafar kinologi O‘zbekistonda treningdan o‘tdi. 

Qo‘shni davlat bojxona xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Bojxona xizmati Milliy kinologiya markazida tashkil etilgan o‘quv dasturi asosiy kinologiya va veterinariya kurslarini o‘rgatishni o‘z ichiga olgan.

O‘z navbatida ular psixologiya, narkotiklar, portlovchi moddalar va qurol-yarog‘larni topishda xizmat itlaridan foydalanish metodlari bo‘yicha malaka oshirishdi.

Amaliy mashg‘ulotlar yakunida imtihondan o‘tgan tojikistonlik bojxonachilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?