Tojikistonlik ikki ziyoratchi Makkada vafot etdi

18:31 15 Avgust 2019 Jamiyat
112 0

Saudiya Arabistonida Haj ziyoratini amalga oshirish vaqtida ikki nafar Tojikiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda “Avesto” nashri xabar berdi.

Qoʻshni davlat dinshunoslik, xalq anʼanalari, marosimlari va udumlarini tartibga solish qoʻmitasi vakili Afshin Muqimning aytishicha, 70 yoshda boʻlgan ziyoratchilar xastalik tufayli hayotdan koʻz yumgan. Ular Makkada dafn etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?