Tojikistondan kelayotgan poyezddagi 14 kg geroin moddasi O‘zbekistonda ushlab qolindi

10:19 06 Iyun 2018 Jamiyat
848 0

31 may kuni Toshkent viloyati Bekobod shahrida ko‘p miqdordagi giyohvandlik moddalari ushlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, tumandagi “Bekobod” temir yo‘l bekatida Tojikiston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasi orqali tranzit ravishda Qozog‘iston Respublikasiga ketayotgan yuk poyezdining yarim ochiq tipdagi vagonning tag qismiga magnit bilan jihozlangan holda joylashtirilgan 6 ta temir va 1 ta yelim qutichalarda selofan paketlarga joylashtirilgan 14 kg. 920,91 gr. “geroin” giyohvandlik moddalari topilib ashyoviy dalil sifatida olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?