Tojikistonda oylarning nomlarini oʻzgartirish taklif qilindi

10:16 31 Dekabr 2018 Dunyo
742 0

Illyustrativ foto

“Feysbuk“ ijtimoiy tarmogʻi faollaridan biri, tojikistonlik Amrullohi Nizom Tojikistonda oylarning nomlarini oʻzgartirishni taklif qilmoqda.

Uning fikricha, Tojikistonda hijriy yil hisobi qaytarilishining koʻplab sabablarga koʻra iloji yoʻq. “Biz Grigorian taqvimiga koʻnikib qolganmiz”, deb hisoblamoqda u. Biroq, Nizom oylar nomlarini geografik nomlar, tarixiy voqealar va mashhur shaxslar sharafiga qayta nomlasa nima boʻlishi borasidagi savol bilan yuzlangan.

U oylarni quyidagicha qayta nomlashni taklif qildi:

Yanvar - Soson, Sosoniylar davlati sharafiga;

Fevral - Somon, Somoniylar davlati asoschisi sharafiga;

Mart – Navroʻz, Navroʻz bayrami sharafiga;

Aprel — Noʻmon, hanafiy mazhabi asoschisi Imomi Aʼzam (Abuhanifa Noʻmon ibn Sobit) sharafiga;

May - Nosir, faylasuf, shoir Nosiri Husrav sharafiga;

Iyun - Boʻxtar, Baqtriya davlati sharafiga;

Iyul - Ashkon, Ashkoniylar tojik davlati sharafiga;

Avgust - Buxoro yoki Rudakiy – tojik mumtoz adabiyoti asoschisi, shoir Rudakiy sharafiga;

Sentyabr - Donish, XIX asr maʼrifatparvari Ahmad Donish sharafiga;

Oktyabr - Ayniy, tojik adibi Sadriddin Ayniy sharafiga;

Noyabr - Sino, buyuk olim Abu Ali ibn Sino sharafiga;

Dekabr - Yaldoʻ, yilning eng uzoq kuni sharafiga.

Eslatib oʻtamiz, avval shunday tashabbusni 2002 yilda Turkmanistonning marhum prezidenti Saparmurot Niyozov bildirgandi. Niyozovning taklifiga koʻra, barcha oylar va hafta kunlari nomlari oʻzgartirilgan. Biroq bu oʻzgarishlar Turkmanistonning amaldagi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomondan 2008 yilda bekor qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?