Tojikistonda islomiy bank litsenziya oldi

16:19 18 Sentyabr 2019 Dunyo
208 0

Tojikiston milliy banki “Tavhidbank” OAJga birinchi boʻlib islomiy bank litsenziyasini berdi. Bu haqda TMBning matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu litsenziyaga binoan “Tavhidbank” islomiy banking boʻyicha milliy va xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshiradi, deyiladi axborotda.

“Mazkur voqea mamlakat bank sohasida yangi sahifani ochadi. Oʻz navbatida xorijiy investorlarni jalb qilish evaziga Tojikistonda islomiy banking tartibida faoliyat koʻrsatuvchi yangi bank ochilishiga xizmat qiladi”, – deydi "Tavhidbank rahbari Sherali Zardova.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?