Tojikistonda 7,2 kilogrammlik chaqaloq tug‘ildi. Ammo rekord emas

12:14 13 Iyul 2018 Dunyo
646 0
Illyustrativ foto

Tojikistonning Ko‘lob shahri tug‘uruqxonada 7 kg. 200 grammlik polvon dunyoga keldi. Tojik telegraf agentligi xabariga ko‘ra, bu mamlakat bo‘yicha rekord ko‘rsatkichdir.

Tug‘uruqxona mudirasi Halima Gadoyevaning aytishicha, chaqaloq jarrohlik yo‘li orqali dunyoga keltirilgan. Bolakayning ahvoli qoniqarli, onasi ham operatsiyadan so‘ng asta-sekin o‘ziga kelyapti.

“Faoliyatimda bu kabi pahlavon chaqaloqni birinchi marta uchratib turibman. Bu Tojikistonda mislsiz hodisadir”, - deydi Halima Gadoyeva.

Bolaning onasi 30 yoshli Taxmina Odinayeva bo‘lib, chaqaloq oilaning beshinchi farzandidir.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda O‘zbekistonda og‘irligi 9,87 kg.lik qizaloq, joriy yil yanvar oyida esa Qozog‘istonda 6,06 kg.lik o‘g‘il bola tug‘ilgan edi.

Ma’lumot uchun, jahonda bu boradagi eng katta ko‘rsatkich Xitoyda kuzatilgan. 2016 yilda mamlakatning Xenan muzofoti Silsyan shahrida 17,4 kg.lik “polvon“ dunyoga kelgandi. Bundan nafaqat uning ota-onasi, balki shifokorlar ham hayratga tushgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?