Tojikiston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifini atroflicha yoritish maqsadida media-markaz tashkil qilindi

10:01 17 Avgust 2018 Siyosat
388 0

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning mamlakatimizga amalga oshirayotgan davlat tashrifi munosabati bilan poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun media-markaz tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu markaz zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan bo‘lib, yuqori tezlikdagi internet tizimiga ulangan. Bu yerda malakali jurnalistlar, tasvirchi va fotograflar ish olib boryapti.

Markaz Tojikiston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifini barcha ommaviy axborot vositalarida, xususan, internetda atroflicha yoritish, tashrif bilan bog‘liq voqealarga oid ma’lumotlarni aniq, ishonchli va tezkor ravishda yetkazib berishda muhim ko‘prik vazifasini o‘taydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?