Tojikiston Oʻzbekistonda bolalar bogʻchasi quradi

09:23 29 Oktyabr 2019 Jamiyat
353 0

Tojikiston hukumati Oʻzbekistonning Fargʻona viloyati Rishton tumanida 200 tarbiyalanuvchiga moʻljallangan bolalar bogʻchasi quradi. Bu haqda Fargʻona viloyati hokimligi xodimi D.Xojimetov maʼlum qildi.

Umumiy qiymati 4 mlrd. soʻm(420 ming AQSH dollari) teng boʻlgan yangi obyekt 2020-yil sentyabr oyida foydalanishga topshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga qilgan davlat tashrifi doirasida Toshkent va Dushanbe oʻrtasida shu boʻyicha bitim imzolangan edi. Unga koʻra, Oʻzbekiston Tojikistonda umumiy oʻrta taʼlim maktabi va koʻp tarmoqli shifoxona qurib bersa, Tojikiston Oʻzbekistonda maktab va bolalar bogʻchasi barpo etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?