Tojikiston Markaziy Osiyoda koronavirusdan oʻlim holatlari boʻyicha birinchi oʻringa chiqdi

11:14 17 May 2020 Jamiyat
386 0

Tojikistonda koronavirus bilan bogʻliq holatlar soni 204 taga koʻpayib, 1322 taga yetdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ushbu mamlakatda virusdan yana 3 kishi vafot etgan va jami qurbonlar soni 36 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Shu tariqa Tojikiston kasallanish boʻyicha Qirgʻiziston, qurbonlar soni boʻyicha esa Qozogʻistonni ortda qoldirgan.

Markaziy Osiyoda COVID-19 bilan bogʻliq holat:

Oʻzbekiston: kasallanganlar — 2741 (+3), tuzalganlar – 2213, vafot etganlar – 11

Qozogʻiston: kasallanganlar — 6157 (+307), tuzalganlar – 2980, vafot etganlar – 34

Qirgʻiziston: kasallanganlar — 1138 (+21), tuzalganlar – 804, vafot etganlar – 14

Turkmanistonda koronavirus rasman qayd etilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?