Tojikiston koronavirus sababli 25 fevraldan Eron bilan aviaaloqani toʻxtatdi

21:48 24 Fevral 2020 Siyosat
772 0

Foto: www.google.com

Tojikiston hukumati huzuridagi Fuqarolik aviatsiyasi agentligi Eron bilan aviaaloqani koronavirus tarqalishi sababli vaqtinchalik toʻxtatishga qaror qildi. Bu haqda agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Aziz Nabizoda maʼlum qildi.

“Varesh Airlines (Eron) va “Tajik Eyr” aviakompaniyalariga Eronda koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashmaguncha 25-fevraldan parvozlarni toʻxtatish buyurilgan”, deb aytgan Nabizoda.

Bungacha Tojikistondan Eronga haftasiga ikkita reys amalga oshirilgan.

Avvalroq yuqoridagi sababga koʻra Armaniston, Turkiya, Afgʻoniston, Pokiston Eron bilan chegaralarni vaqtinchalik yopishga, Turkiya, Iroq va Kuvayt aviaaloqani toʻxtatishga qaror qilgan.

Ayni vaqtda Eronda koronavirus bilan 61 ta kasallanish holati qayd etilgan. Ulardan 12 tasi oʻlim bilan tugagan. Eron hukumati mamlakatda koronavirus yuqtirganlar borligi haqida ilk bor 19-fevralda maʼlum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?