Tojikiston Do‘stlik delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

17:14 02 Avgust 2018 Jamiyat
515 0
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”

Tojikiston madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mazkur delegatsiya a’zolari 4 avgustga qadar yurtimizda bo‘ladi.

Poytaxtimizda ushbu mehmonlar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida ilm-fan, madaniyat, san’at sohalari vakillari, taniqli aktyorlar, yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi.

— Xalqlarimiz tarixning murakkab davrlariga qaramasdan, har doim do‘stlik va birodarlik an’analarini saqlab qolishga intilib kelganlar, — deydi Tojikiston xalq artisti Mirali Do‘stizoda. — Bugungi kunda ushbu aloqalar yangi shakl va mazmun bilan boyib, izchil rivojlanib boryapti. Axir boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Azaldan og‘a-ini bo‘lib yashagan, bir daryodan suv ichgan xalqlarimiz haqida ota-bobolarimiz topib aytganidek, kuylasa — cholg‘usi bir, yig‘lasa — qayg‘usi bir.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”

Tadbirda “Bir osmon ostida” hujjatli filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ikki xalq o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, qardoshlik aloqalaridan hikoya qiluvchi ushbu film tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Xalqaro press-klubda tojikistonlik mehmonlar ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Tojikiston delegatsiyasi tashrifi dasturidan yurtimizning diqqatga sazovor joylariga, jumladan, Samarqand shahriga sayohat ham o‘rin olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019