Tojikiston avtotransporti tranzit uchun qancha pul toʻlaydi?

14:02 11 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
380 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son qarorining 17-ilovasiga asosan, 2019 yildan 2018 yilga nisbatan Tojikiston Respublikasi avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab kirish va u orqali tranzit qilishdan yigʻimlar stavkasi (AQSH dollarida) belgilandi. Bu haqda soliq xizmatlari organlarining telegramdagi Soliq xizmatlari xabarlari rasmiy kanali maʼlum qildi.

Unga koʻra, quyidagi narx belgilangan:

  • 10 tonnagacha - 50 dollar
  • 10 tonnadan 20 tonnagacha - 100 dollar
  • 20 tonnadan koʻp - 150 dollar.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?