Tojikiston aviakompaniyasi Buxoroga ilk parvozni amalga oshirdi

09:18 30 Iyul 2018 Jamiyat
257 0
Foto: Samoleting.ru

Tojikiston milliy aviakompaniyasi — Somon Air samolyoti Buxoroga parvoz qildi. Bu haqda Tojikiston matbuot xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, reys 28 iyul kuni Boeing samolyotida amalga oshirilgan. Uning davomiyligi 45 daqiqa, chipta narxi esa 72 dollarni tashkil qildi.

Bu Tojikiston aviakompaniyasi havo kemasining Buxoroga amalga oshirgan ilk uchishi bo‘ldi. Bundan oldin kompaniya Samarqand yo‘nalishida ham parvozlarni yo‘lga qo‘yishini e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 1992 yildan so‘zng O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi barcha parvozlar bekor qilingan edi. 25 yillik tanaffusdan so‘ng 2018 yilning 11 apreldan boshlab Toshkent va Dushanbe orasida doimiy aviaqatnov qayta tiklandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?