Aholi uchun toza ichimlik suvi ta’minoti qay darajada?

17:54 25 May 2018 Jamiyat
635 0
Illyustrativ foto

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardagi aholi hamda sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlash, kollektor-drenaj, shuningdek, sanoat oqova suvlarining asosiy daryolarga tushishi natijasida chuchuk yer osti suv resurslari 35 foiz kamaygan.

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan “Mintaqa suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish” mavzusida o‘tkazilgan anjumanda tozi ichimlik suvini asrab-avaylash, undan samarali foydalanish masalalari muhokama etildi.

Mazkur qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Mansur Toshpo‘latovning ma’lum qilishicha, respublikamiz hududida 97 ta yer osti suvi konlari aniqlangan bo‘lib, ulardan 19 tasining hosil bo‘lish zonasi, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar toifasiga kiritilgan.

Hozirgi kunda shahar va tuman markazlari, ko‘plab qishloq aholi punktlarining suv ta’minoti yer osti suvlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Xususan, Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatining ko‘pchilik aholisi, asosan, chuchuk yer osti ichimlik suv ta’minoti manbalariga bo‘lgan talabini qondirish uchun suv resurslari bilan ta’minlangan.

Ayni paytda suvdan foydalanuvchilar soni 8118 ta bo‘lib, ekspluatatsion quduqlar soni 38717 ta, ulardan ishlaydiganlari 16611 tani tashkil qiladi. Tog‘ va tog‘oldi zonalarida 145 ta buloqlarning yer osti suv zaxirasi aniqlangan va suv bilan ta’minlash maqsadida foydalanilmoqda.

Anjumanda respublikaning yer osti suv resurslari va zaxiralarining o‘zgarishini bashoratlash, texnogen bosim ta’sirini kuchayishi va yer osti suv konlarini hosil bo‘lishi sharoitini hisobga olgan holda, yer osti ichimlik suvi konlarining hozirgi holatini baholash, yangi istiqbolli chuchuk yer osti suvlari uchastkalarini qidirib topish, yer osti suv konlariga yomon ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarni aniqlash, ularning kelib chiqish jarayonini o‘rganish va uni kamaytirish, har bir chuchuk yer osti suv zaxiralarini holatini monitoring qilishni optimal tarmog‘ini ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?