Oʻzbekistonlik olim ixtirosi jahon iqtisodiyotining yuksalishiga xizmat qiladi

12:11 06 Sentyabr 2018 Jamiyat
312 0
Illyustrativ foto

Saminjon Husanov, “Xalq soʻzi online”/Andijon. Soʻnggi 8 asr mobaynida kimyo sohasida ilmiy daraja berishga loyiq topilgan 20 ta ixtisoslik roʻyxatga olingan. Ularning eng soʻnggisi aynan Oʻzbekistonda kimyo fanlari doktori, Andijon davlat universiteti professori Ibrohimjon Asqarov tomonidan ixtiro qilingan boʻlib, u “Tovarlar kimyosi” nomi bilan ataladi.

“Tovarlar kimyosi” kimyo sohasida yaratilgan muhim fan hisoblanadi. Boisi, ushbu fan orqali tovar mahsulotlarini tasdiqlash, sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlarining kelib chiqishi, tovar tayyorlanishi, xom ashyo turi, qayta ishlanish shakli, narxi, jahon miqyosida tutgan oʻrnini belgilash mumkin. Ushbu soha nafaqat, Oʻzbekiston Respublikasi, balki, butun jahon iqtisodiyotining yuksalishiga xizmat qiladi, - deydi Gannover organik kimyo instituti professori Xolger Butenshon.

Andijon davlat universitetida “Tovarlar kimyosining muammolari va istiqbollari” mavzusiga bagʻishlangan V-respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda respublikamizda faoliyat olib borayotgan olimlar bilan bir qatorda xorijlik mutaxassislar ham ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi vazifalar yuzasidan muzokara qildilar. Anjumanda fan sohasini rivojlantirish borasida eng avvalo, kadrlar siyosatiga katta eʼtibor qaratish lozimligi alohida qayd etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?