Tovar xomashyo birjasida bir haftada 646,1 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi

12:06 22 May 2018 Iqtisodiyot
300 0
Fotо: UzEx

Joriy yilning 14 maydan 18 maygacha bo‘lgan davr mobaynida O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasida 646,1 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbada qayd etilishicha, bu o‘tgan haftadagi natijadan 26%ga ortiq ekanligini ko‘rsatdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 485,7 mlrd so‘mdan 628,0 mlrd so‘mga ko‘tarildi. Sotuvlar bo‘yicha qurilish mollari birinchi o‘rinni 30,2% bilan egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda paxta tolasi joylashgan bo‘lib, birja bozorining 19,2%ni egalladi. Keyingi o‘rinda oziq-ovqat tovarlari joylashgan bo‘lib, uning ulushi 10,4%ni tashkil qiladi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali 1,13 mln AQSH dollarlik mahalliy mahsulotlar sotildi. Kelishuvlarning asosiy qismini polietilen tashkil etdi. Uning ulushi 78%. Kelishuvlarning qolgan qismi texnik moyga tegishli. Uning ulushi 22%ga teng.

O‘tgan davr mobaynida avtoraqamlar bo‘yicha onlayn auksion orqali 81ta avtomobil raqamlari sotildi. Ularning 55tasi jismoniy shaxslarga, 26tasi yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 1,3 mlrd so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 66% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 19% bitimlar ikkinchi toifa avtoraqamlar va 13% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo‘yicha tuzilgan.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 60%ga teng. Keyingi o‘rinda Surxondaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari avtohavaskorlari har biri 6% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Buxoro va Namangan viloyatlari avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 5%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 12%ga teng.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?