“Toshshahartransxizmat” yakshanba kunini “Avtobuslarni kapital tozalash kuni” deb belgiladi

12:35 12 Sentyabr 2018 Jamiyat
228 0

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi maxsus “Texnik koʻrik kunlari” va “Avtobuslarni kapital tozalash kuni”ni oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qildi.

“Toshkent shahrida transport xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan seshanba va juma kunlari “Texnik koʻrik kunlari” deb eʼlon qilindi. Tajribali mutaxassislardan tashkil topgan maxsus guruh mashinalarni toʻliq texnik koʻrikdan oʻtkazadi”, - deyiladi kompaniya xabarida.

Oʻz navbatida, kundalik koʻrik ham kompaniya muhandislari tomonidan grafik boʻyicha olib boriladi. Bundan tashqari, yakshanba “Avtobuslarni kapital tozalash kuni” deb belgilandi. Shu kuni kompaniyaning mashinalarga masʼul boʻlgan barcha xodimlari tozalash ishlarini amalga oshiradi. Xususan, dvigatel, harakatlanuvchi qismlar va salon maxsus kimyoviy vositalar bilan tozalanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?