“Toshshahartrans” binosida yongʻin sodir boʻldi

Foto: dyxx.uz
11 fevral kuni “Toshshahartrans” AJ binosida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda IIV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, soat 08:30 da Toshkent shahar IIBB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi Yongʻinni oʻchirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yunusobod tumani, “Buyuk Turon” mahallasi A.Temur 1-tor koʻchasi 6-uyda joylashgan “Toshshahartrans” AJ binosida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabar asosida yongʻin joyiga zudlikda 5 ta asosiy va 2 ta maxsus yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb etilgan. Boʻlinmalar soat 08.35 da voqea joyiga yetib kelib, yongʻin soat 08.52 da toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin “Toshshahartrans” AJ binosida ijarada boʻlgan “VY MIRAGE SONSTRUCTION DESIGN” MCHJga qarashli mebel ishlab chiqarish korxonasi bosh ofisida yuzaga kelib, oqibatda 60 kv.metr maydonda imoratning tom va shift qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq.
Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻindan binoning 400 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yongʻin holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: