Toshqinlar sabab Bangladeshning uchdan bir qismi suv ostida qoldi

10:11 25 Iyul 2020 Dunyo
352 0

Toshqinlar sabab Bangladeshda 1,5 million kishi oʻz uyidan mahrum boʻldi.

“South China Morning Post”ning yozishicha, aholi uylarni suv bosishi va karantin tufayli mamlakatga yetkazib berishning toʻxtatib qoʻyilishi natijasida oziq-ovqat inqiroziga duch kelmoqda.

Qayd etilishicha, bu tabiat hodisasi 1988-yildan beri kuzatilgan eng katta toshqin boʻlib, hozirda mamlakat hududining uchdan bir qismi suv ostida qolmoqda.

Avvalroq, may oyida sodir boʻlgan «Amfon» siklonining Bangladesh va Hindiston sharqida yuzdan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlganligi haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?