Toshqindan zarar koʻrgan “Toshkent — Samarqand” yoʻlining Sirdaryo hududidan oʻtgan qismi ochildi

11:56 14 Iyun 2020 Jamiyat
357 0

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yoʻlining Sirdaryo viloyati hududidan oʻtgan qismi bir tomonlama yoʻnalish uchun ochildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

“2020-yil 1-may kuni Sirdaryo viloyati joylashgan “Sardoba” suv ombori toʻgʻonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa natijasida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari hududlaridagi aholi yashash punktlari, suv toshqini yoʻnalishidagi dala maydonlaridagi ekinlarga ham jiddiy talofat yetdi.

Shu bilan bir qatorda ushbu suv toshqini natijasida yuqoridagi hududlardagi xalqaro, davlat va mahalliy avtomobil yoʻllari, yoʻl koʻpriklariga ham jiddiy zarar yetib transport vositalarini harakatlanishi cheklandi.

Tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilgan qurilish-taʼmirlash, montaj ishlari davomida Oqoltin tumani hududidan oʻtgan M-34 avtomobil yoʻli bilan Guliston yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan M-34 yoʻlini bogʻlab turuvchi A-373 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 37 km.dan 0 km.gacha boʻlgan hududining “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi 2020-yil 13-iyun kunidan transport vositalarining sutkaning yorugʻ vaqtida harakatlanishi uchun ochildi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?