Toshloqda eksperiment sifatida klaster korxonasi rahbari hokim boʻldi

22:01 06 Iyun 2020 Klaster
1523 0

Bugun, Fargʻona viloyati xalq deputatlari Toshloq tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi.

Mamlakatimizda ilk bor “Expo Kollor Prin Teks” paxta-toʻqimachilik klasteri rahbari Abduqahhor Joʻraboyev eksperiment sifatida Toshloq tumanining hokimi etib tayinlandi.

Bugun Prezident ishtirokida boʻlib oʻtgan viloyat faollar yigʻilishida faoliyatida sustkashlikka yoʻl qoʻygan Toshloq tumani hokimi va soliq boshqarmasi boshligʻini vazifasidan ozod etish boʻyicha koʻrsatma berildi. “Tadbirkor-islohotchi” gʻoyasi asosida hududning ijtimoiy-ijtimoiy rivojlanishida ularning oʻrni muhim boʻlishi xususida aniq vazifalar belgilab olindi.

3-iyun kuni davlatimiz rahbari raisligida kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektorda kambagʻallik chegarasi va mezonlarining jahon amaliyotida tan olingan 4 ta hisoblash usuli Fargʻona viloyatining Toshloq tumani misolida sinovdan oʻtkazilishi belgilangandi.

Shuhratjon Abdusalomov 2018-yil martidan buyon Toshloq tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.
OʻzA

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?