Toshkentning yana 4 ta joyida radarlar o‘rnatildi

10:07 19 Iyul 2018 Jamiyat
374 0
Foto: iiv.uz

Toshkent shahar Yo‘l xavfsizligi boshqarmasi aynan qaysi hududlarda ko‘proq yo‘l transport hodisalari sodir bo‘layotganini aniqlab, u yerlarga tezlikni qayd etuvchi radarlar o‘rnatib borishmoqda. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha Toshkent avtomobil halqa yo‘lining to‘rt hududida radarlar o‘rnatildi. Ibn Sino mavzesi qarshisidagi Zangiota tumani “Chig‘atoy Oq tepa” MCHJ (taxta bozor) yaqinida, “Gilamsaroy”, “Maroqand” to‘yxonasi qarshisida, Toshkent halqa yo‘li, yo‘l qurilish bo‘linmasida va Dehqonobod yo‘li kesishmasida (Yunusobod tumani) radarlar o‘rnatilgan.

Shuningdek, Ibn Sino mavzesi yaqinidagi Toshkent halqa yo‘lining yaxshi yoritilmaganligi ham Toshkent yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, tegishli idoralarga xat yuborilgan.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining tahlillariga ko‘ra, ko‘pincha haydovchilarning tezlikni belgilangan me’yordan oshirganligi sababli, yo‘l transporti hodisalari sodir bo‘lmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?