Toshkentning sobiq hokimi tuman hokimi etib tayinlandi

11:18 11 May 2019 Siyosat
827 0

Qurilish vaziri Abduqahhor Toʻxtayev Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ manbalari xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, xalq deputatlari Shayxontohur tumani kengashining 10 may kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari sessiyasida Toʻxtayevning nomzodi bir ovozdan qabul qilingan.

Maʼlumot uchun, Abduqahhor Toʻxtayev 1996-1999 yillarda ham Shayxontohur tumanini boshqargan.

U 2005—2011 yillarda Toshkent shahri hokimi boʻlgan, 2013—2016 yillarda “OʻzLITIneftgaz” kompaniyasi rahbari oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan. 2016 yil kuzida Jizzax shahri hokimi, 2017 yilning aprelida Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlangandi. 2018 yilning aprelida esa Abduqahhor Toʻxtayev yangi tashkil etilgan Qurilish vazirligiga rahbar boʻlgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?