Toshkentning ikki tumani xotin-qizlar qoʻmitasiga rais saylandi

16:12 11 Oktyabr 2018 Jamiyat
148 0
Foto: Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Mirzo Ulugʻbek va Mirobod tuman hokimligida tuman xotin-qizlar qoʻmitalarining hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. Mirobod tumanida boʻlib oʻtgan tadbirda tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining Boshqaruvi aʼzolari va joylardagi boshlangʻich tashkilotlardan saylangan delegatlar ishtirok etdilar. Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrib chiqilib, 2012 yildan beri Mirobod tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimda ishlab kelgan Madaminova Feruza Vohidovna yana qayta shu lavozimga saylandi.

Mirzo Ulugʻbek tumanida boʻlib oʻtgan hisobot-saylov konferensiyasi kun tartibiga koʻra, qoʻmitaning 9 oy davomidagi faoliyati, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining yangi tahrirdagi Nizomiga takliflar, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi Boshqaruv aʼzolarini saylash masalalari muhokama qilindi.

Yigʻilish kun tartibidagi tashkiliy masala koʻrildi. Unga koʻra, Mirzo Ulugʻbek tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi etib, Safarova Xurshida Ochilovna saylandi. Shuningdek, hisobot-saylov konferensiyada qoʻmita nazorat taftish komissiyasi tarkibi ham tasdiqlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?